Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OQSAROYDA QABUL

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29-iyul kuni Oqsaroyda «Isuzu Motors Ltd.» kompaniyasi raisi Susumi Xosoini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida turli sohalarda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Yaponiyaning yuqori texnologiyali yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlari izchil kengayib bormoqda.

Toshkentda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «Isuzu Motors Ltd.» o‘rtasida Yaponiyaning ushbu kompaniyasi «SamAvto» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischilari tarkibiga kirishi to‘g‘risida bitim imzolandi.

Mazkur bitim «O‘zavtosanoat» va «Isuzu Motors Ltd.» kompaniyalari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning mantiqiy davomidir.

Tomonlar «SamAvto» mas’uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, ishlab chiqarilayotgan mashinalar turini yangilash va ko‘paytirish, mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish, Yaponiyaning ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini yanada keng joriy etishga kelishib oldi.

«O‘zavtosanoat» va «Isuzu Motors Ltd.» o‘rtasidagi hamkorlik 2007-yilda yo‘lga qo‘yilgan. Yaponiyaning mazkur kompaniyasi o‘sha yili «SamAvto» mas’uliyati cheklangan jamiyatining texnologik sherigi sifatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, o‘rta og‘irlikdagi yuk mashinalari va boshqa texnikalar uchun shassi va dvigatellar yetkazib berishni boshladi. O‘tgan vaqt davomida «Isuzu Motors Ltd.» agregatlari bazasida 10,2 ming avtobus va 11,5 ming yuk mashinalari, jumladan, 2014-yilda 1,2 ming avtobus va 2,6 ming yuk mashinasi ishlab chiqarildi. Tabiiy gazda ishlaydigan yuk mashinalarining yangi modellarini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgani hamkorlikni rivojlantirishning muhim bosqichini tashkil etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari va o‘zaro manfaatli boshqa masalalar muhokama etildi.

WWW.UZA.UZ