Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Orol muammosini bartaraf etish boʻyicha mintaqaviy hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Orol muammosini bartaraf etish boʻyicha mintaqaviy hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2018-yil 24-avgust kuni Turkmanboshi shahrida boʻlib, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlar rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.

Prezidentimiz dastlab “Avaza” sayyohlik zonasida Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston – Turkmaniston munosabatlari yuksak surʻat bilan rivojlanmoqda. Bunda, avvalo, ikki davlat rahbarlarining samimiy doʻstligi, oʻzaro ishonchi va bir-birini qoʻllab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy darajadagi uchrashuvlarning muntazamlik kasb etgani davlatlararo munosabatlar yuksak darajada ekanidan dalolatdir. Jumladan, Turkmaniston rahbarining joriy yil aprel oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikka yangi surʻat bagʻishladi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston rahbarlarining bu galgi uchrashuvi oʻzaro manfaatli, samarali va faol muloqotlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raisligi davridagi tashabbuslarini yuqori baholab, mamlakatlarimizning bu boradagi loyiha va saʻy-harakatlari bir-birini toʻldirishini qayd etdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbarini Turkmanistonga tashrifi bilan qutlab, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining taʻsischi mamlakatlari rahbarlari sammiti ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat ekanini taʻkidladi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Avval erishilgan kelishuvlar ijrosiga eʻtibor qaratildi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisi Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda jamgʻarma faoliyatini takomillashtirish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash, suv resurslarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish, bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlarining hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi 1993-yili Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari tashabbusi bilan Orol dengizi havzasida ekologik inqiroz oqibatlariga barham berish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash maqsadida tuzilgan. Taʻsischi davlatlar unga uch yil muddatga raislik qiladi. Raislik qiluvchi mamlakat rahbari Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi Prezidenti etib saylanadi. 2017-yildan jamgʻarmaga Turkmaniston raislik qilmoqda.

Taʻkidlash joizki, mazkur sammit jamgʻarmaning 2009-yilgi majlisidan soʻng qariyb oʻn yildan keyin oʻtkazilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Orol inqirozi zamonamizning eng yirik ekologik halokatidir. Dengiz tubidan koʻtarilayotgan chang yiliga 80 million tonnaga yaqin tuz va zararli kimyoviy moddalarni Sharqiy Yevropadan Himolay togʻlarigacha boʻlgan ulkan hududga yoyayotgani muammoning global tus olganidan dalolat beradi.

Shu nuqtai nazardan ushbu sammit yetakchi moliya muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el donorlik kompaniyalari, shuningdek, biznes hamjamiyati eʻtiborini Orolboʻyidagi ekologik vaziyatga jalb etishda muhim ahamiyatga ega.

Oʻtgan davrda jamgʻarma doirasida mintaqadagi murakkab suv-energetika masalalarini hal etish, suv resurslarini birgalikda boshqarish, foydalanish va muhofaza qilishda hamkorlik boʻyicha qator hujjatlar imzolandi.

Xususan, Oʻzbekiston Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, aholining turmush darajasini yaxshilash boʻyicha keng miqyosli loyihalarni amalga oshirdi. 350 ming gektar maydonga saksovul va shoʻrga chidamli oʻsimliklar ekilib, butazorlar barpo etildi.

Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha 2013-2017-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan koʻpi milliy loyihalardir.

PrezidentShavkatMirziyoyevtashabbusibilanqabulqilingan 2018-2021-yillarda Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturi bu yerda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, ekologik falokat oqibatlarini yumshatish boʻyicha investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Oʻzbekiston Orol halokatiga xalqaro hamjamiyat eʻtiborini ham qaratib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida dunyo hamjamiyatini ushbu ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etish va undan jabr chekayotgan aholiga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha xalqaro miqyosdagi saʻy-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

Oʻzbekiston BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi konvensiyani qoʻllab-quvvatladi. Fojianing butun sayyoraga daxldorligi inobatga olinib, Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT shafeligida Orol dengizi va Orolboʻyi hududi boʻyicha maxsus Trast jamgʻarmasi tuzildi.

Joriy yil 7-8-iyun kunlari Toshkentda “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boʻyicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzuida xalqaro konferensiya, uning doirasida Markaziy Osiyo ekologik forumi boʻlib oʻtdi.

Turkmanboshidagi uchrashuvda Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish, hududdagi ekologik holatni yaxshilash boʻyicha Markaziy Osiyo mamlakatlarining hamkorligini faollashtirish, Orolboʻyi hududi uchun ekologik toza texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishga xorijiy investitsiyalarni birgalikda jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Kengaytirilgan tarkibdagi majlisda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston delegatsiyalari aʻzolari, xalqaro tashkilotlar va moliya muassasalari vakillari, ekologiya va suv masalalari boʻyicha mutaxassislar qatnashdi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston raisligida tuzilma faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish boʻyicha ulkan ishlar qilinayotganini taʻkidladi.

Qariyb oʻn yillik tanaffusdan soʻng oʻtayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta surʻat bagʻishlaydi. Biz bu boradagi oʻzaro hamkorlikka tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovatsion yechimlar joriy etish va xorijiy investitsiyalar jalb qilish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar boʻyicha muhim takliflarni ilgari surdi.

Majlisda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʻminlash suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalasiga bevosita bogʻliq ekani, bu boradagi oqilona qarorlar va yaqin hamkorlik mintaqa mamlakatlari farovonligiga xizmat qilishi taʻkidlandi. Bu masalani hal qilishda mintaqadagi barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olish zarurligi, shunday yondashuvdan boshqa yechim yoʻqligi alohida qayd etildi.

Majlis yakuni boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilindi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda ushbu sammit oʻz ahamiyatiga koʻra nafaqat jamgʻarma faoliyatida, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologiya va suvdan foydalanish borasidagi hamkorligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlagani, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar mintaqa xalqlari farovonligini oshirish, koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʻkidlandi.

www.uza.uz