Osiyo qit’asi uchun Jahon Chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Malayziya poytaxti – Kuala-Lumpur shahrida 14 aprel kuni Osiyo qit’asi uchun Jahon Chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi.
Qur’a tashlash jarayonida jamoalarni FIFA reytingida joylashgan o’rniga ko’ra savatchalarga bo’linadi.
Savatlarga bo’lishda o’sha vaqtdagi eng so’nggi FIFA reytingi asos qilib olinadi. Kecha FIFA rasmiy saytida e’lon qilingan reytingga ko’ra O’zbekiston terma jamoasi 1-savatchadan o’rin oladi.
Savatlar quyidagicha ko’rinish oladi:
1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, BAA, O’ZBEKISTON, Xitoy, Iroq
2-savatcha: Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Iordaniya, Bahrayn, Vetnam, Suriya, Quvayt
3-savatcha: Afg’oniston, Filippin, Falastin, Maldiv orollari, Tailand, Tojikiston, Livan, Hindiston
4-savatcha: Sharqiy Timor, Qirg’iziston, KXDR, Myanma, Turkmaniston, Singapur, Indoneziya, Butan
5-savatcha: Malayziya, Gonkong, Bangladesh, Yaman, Guam, Laos, Xitoy Taypey, Kambodja
Guruh g’oliblari va to’rtta eng yaxshi ko’rsatkich qayd etgan ikkinchi o’rin sohiblari to’g’ridan-to’g’ri Osiyo Kubogi-2019ga hamda JCH-2018 saralash bosqichining hal qiluvchi raundiga yo’l oladi.
"Jahon" AA