OYZODA YARATGAN LIBOSLAR

Yosh hunarmand Oyzoda Seytiboyeva zamonaviylik va milliylikni uyg‘unlashtirgan holda yaratayotgan liboslar xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Nukus maishiy xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kollejini modelyer-dizayner yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan Oyzoda ayni paytda o‘zi tashkil etgan tikuv sexida ikki nafar tengdoshi bilan tikish-bichish, kashtachilik ishlari bilan mashg‘ul. Shuningdek, “ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z hunarini yoshlarga o‘rgatmoqda.

O‘zA