OZARBAYJON OAV: “O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK DAVLAT HOKIMIYATI TIZIMI SHAKILLANDI”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ozarbayjonning axborot-tahliliy veb-saytlari sahifalarida mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning samarali mexanizmiga bag’ishlangan maqolalar chop etilmoqda.
Xususan, “Trend” portalida joylashtirilgan maqolada ta’kidlanishicha, respublikada mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab demokratik huquqiy davlat qurish yo’li tanlab olindi va o’tgan davr mobaynida mazkur tamoyil bosqichma-bosqich xayotga tatbiq etib kelinmoqda.
“Mazkur jarayonda inson, uning huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat bo’lgan fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlandi. Shu bilan bir qatorda, butun dunyoda tan olingan rivojlanishning o’zbek modeli faoliyat uchun muhim dastur bo’lib hizmat kilmoqda”, - deb yozmoqda veb-sayt.
O’z navbatida “Turkish Forum” internet-manbasida ma’lum qilinishicha, O’zbekistonda demokratik davlat hokimiyati tizimi shakillangan.
“Mamlakat konstitutsiyasida hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tizimiga bo’lish to’g’risidagi muhim tamoyil belgilab qo’yilgan. Mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar hokimiyat tarmoqlari o’rtasida o’zaro tiyib turishning samarali tizimini tashkil etish, markazda va joylarda hukumat organlarining vakolatini va nazorat qilish vazifasini kuchaytirish, sud tizimini erkinlashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha mazkur konstitutsiyaviy tamoyilni bosqichma-bosqich amalga oshirishga hizmat qiladi”, - deb ta’kidlanmoqda maqolada.
“Etnoglobus” axborot-tahliliy saytida joylashtirilgan maqolada asosiy e’tibor fuqarolarni huquq va erkinliklarini himoya qilish tamoyilini amalga oshirishda O’zbekiston Konstitutsiyaviy sudining roliga qaratilgan.
Manbada aytilishicha, hokimiyatning uchta tarmog’i fuqarolarning manfaatlaridan kelib chiqib o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda, bu esa mamlakatda barqarorlik va farovonlik uchun asos bo’lib hizmat qilayapti.
“Jahon” AA