«OZOD YURT TO‘LQINLARI»
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi arafasida O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan “Ozod yurt to‘lqinlari” X media-festivali o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu media-festival g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbirga turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari taklif etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga juda katta e’tibor qaratilayotganini qayd etishdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ommaviy axborot vositalarining ravnaqi yo‘lida yangi istiqbollarni ochib berdi.
“Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivalida ishtirokchilar “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Eng yaxshi teleradioloyiha”, “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini eng faol yoritgan teleradiostantsiya”. “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish jarayonlarini yoritishga bag‘ishlangan eng yaxshi teleradiodastur”, “Aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda korruptsiyaga qarshi kurashni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi teleradiomahsulot”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mamlakatda millatlararo totuvlikni ta’minlashga qaratilgan eng yaxshi dastur” kabi nominatsiyalarda bellashishdi.
Yakunda barcha yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.