Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PAMELA SPRATLEN: «MUSTAQILLIK BAYRAMINGIZ BILAN!»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PAMELA SPRATLEN: «MUSTAQILLIK BAYRAMINGIZ BILAN!»

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan Amerika Qo’shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Spratlen «Jahon» axborot agentligiga intervyu berdi.

— Eng avvalo, O’zbekiston Mustaqilligi bayrami arafasida mamlakat aholisini kirib kelayotgan ayyom bilan tabriklar ekanman, ularga mustahkam sihat-salomatlik, tinchlik va farovonlik tilashni istar edim.

AQSh O’zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olgan mamlakatlardan sanaladi. 1991-yildan boshlab bizning ikki tomonlama aloqalarimiz doimiy muloqot va hamkorlik asosida rivojlanib kelmoqda. O’tgan yili har yili o’tkazib kelinadigan O’zbekiston - Amerika maslahatlashuvlari bundan keyingi hamkorligimiz uchun yangi istiqbollarni ochdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi munosabatlar o’zaro hamkorlikning keng qirralarini qamrab olgan. Sherikligimizning butun salohiyatini hayotga tadbiq qilish o’zaro manfaat kasb etadigan barcha masalalar bo’yicha barqaror, ochiq, oshkora va konstruktiv muloqotni talab etadi.

O’tgan yili O’zbekistonga mamlakatimizning qator yuqori martabali vakillari kelishgani bilan izchil o’sib borayotgan o’zaro munosabatlarimiz yanada mustahkamlandi. Ular orasida AQSh savdo vazirining global bozorlar bo’yicha yordamchisi Arun Kumar, AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo’mondonligining qo’mondoni general Lloyd Ostin va davlat kotibi yordamchisi Nisha Bisval bor.

O’zbekiston Qo’shma Shtatlar bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash yo’lini davom ettirishga sodiq ekanligini tasdiqladi. Biz respublikaning demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari yuzasidan konstruktiv muloqotni qo’llab-quvvatlaganidan mamnunmiz.

Biz infratuzilmalarni rivojlantirish hamda iqtisodiy munosabatlar masalalari bo’yicha barcha yo’nalishlarda yanada farovonlik va mintaqa barqarorligi uchun O’zbekiston bilan ishlashni davom ettiramiz.

O’zbekistonga kelganimga ko’p bo’lmagan esa-da Samarqand, Buxoro, Xiva singari butun jahonga mashhur tarixiy shaharlarning ulug’vorligi bilan yaqindan tanishishga muyassar bo’ldim. Nukusga borgan chog’imda tengi yo’q rassomlik san’atini o’z ko’zim bilan ko’rdim. Ishonchim komilki, O’zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi haqida hali ko’pgina yangidan-yangi va qiziqarli jihatlarni bilib olaman.

So’zim so’nggida barcha o’zbekistonliklarni tobora yaqinlashib kelayotgan bayram bilan yana bir bor tabriklashga va ularga o’zimning eng ezgu tilaklarimni yo’llashga ijozat bergaysiz. Mustaqillik bayramingiz bilan!

«Jahon» AA