Past sathli o’rta sig’imli avtobus modeli ixtiro qilindi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

"Samarqand avtomobil zavodi" mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari tomonidan past sathli o’rta sig’imli avtobus modeli ixtiro qilindi. Yaratilgan foydali model yo’lovchi tashuvchi transport sohasi uchun mo’ljallangan, deya xabar beradi intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.
Uning vazifasi yo’lovchilarni tashishda xavfsizlikni oshirish, o’tirib ketadigan joylar sonini ko’paytirish, shuningdek, bekatlarda yo’lovchilar almashinish tezligini oshirishdan iborat.
Bunda qurilma-podiumning o’ng va chap tomonlari o’rtasida ikkitadan zinapoya qilingan. Salonning old qismida chap va o’ng yonboshlarda qurilma-podiumlar bajarilgan bo’lib, ularda uch qatordan juftlangan o’rindiqlar joylashtirilgan, birinchi qatordagi juftlangan o’rindiqlar g’ildiraklar ustidagi arkada suyanchig’i yo’nalishga qarshi o’rnatilgan, ikkinchi va uchinchi qatordagi o’rindiqlar suyanchig’i yo’nalish bo’ylab o’rnatilgan. Bunda old qurilma-podiumlarning bo’lmalarida orqa eshikning old tirgagida diagonal yo’nalishda tirovchi poyalar o’rnatilgan bo’lib, ular kuzov poli ramasining ko’ndalang tirgakchalarini kuzov karkasi tirgaklari bilan biriktiradi.
Mualliflarga mazkur foydali model ixtirosi uchun patent berildi.
“Jahon” AA