PESHQADAMLIK UCHUN KURASH BOSHLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston XX chempionati birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur chempionatda o‘nta jamoa o‘zaro raqobatlashmoqda.
Dastlabki turda “Olmaliq” futbolchilari Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Paxtakor” – “Maksam-Chirchiq” uchrashuvi 2:5 hisobida yakunlandi.
“Ardus” jamoasi futbolchilari yirik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. “Lokomotiv” jamoasi bilan maydonga tushgan “Ardus” jamoasi raqiblaridan 11:1 hisobida ustun keldi. “Nafis” jamoasi bilan bahslashgan “Kogon” jamoasi 5:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Do‘stlik” – “Turon” bahsida 3:3 hisobi qayd etildi.
O‘zA