Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

POCHTA XIZMATI TAKOMILLASHMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
POCHTA XIZMATI TAKOMILLASHMOQDA

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida pochta aloqasi milliy operatori – «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

«O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati pochta va kurerlik jo‘natmalarini tarqatish va yetkazib berish, pul o‘tkazmalari, davlat pensiya va nafaqalarini to‘lash uchun mo‘ljallangan pochta aloqasi hamda pochta xizmati obyektlarining keng tarmog‘ini tashkil etadi. Shu bois sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy operator faoliyatining muhim yo‘nalishidir.

«O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining birinchi o‘rinbosari X.Tojiboyevaning so‘zlariga ko‘ra, 2000-yilga qadar mamlakatimizda faqat bitta oliy o‘quv yurtida pochta aloqasi uchun mutaxassislar tayyorlangan bo‘lsa, ayni paytda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari, shuningdek, 24 kasb-hunar kollejida soha kadrlari tayyorlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi «Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.

Matbuot anjumanida «O‘zbekiston pochtasi» bozor raqobati sharoitida xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi. Pochta xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi, «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyatining kadrlar malakasini oshirish markazi va boshqa muassasalarda malaka oshirmoqda.

Shuningdek, pochta aloqasi milliy operatori pochta xizmatlari sifatini oshirish, o‘z filiallari moliyaviy ahvolini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali pochta aloqasi tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida ham izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Masalan, kompaniyada «elektron pul o‘tkazmalari», «to‘lovlarni qabul qilish», «pensiya va nafaqalar to‘lanishini hisobga olish», «ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini o‘tkazishni monitoring qilish» kabi avtomatlashtirilgan tizimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2014-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan xalqaro aviajo‘natmalar yo‘nalishlari rejasini tuzishning avtomatlashtirilgan tizimi dasturi ishga tushirildi.

Pochta aloqasi mutaxassislarining malakasini yanada oshirish, kasb-hunar kollejlarining 1,9 mingdan ziyod va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 890 bitiruvchisini pochta aloqasi, iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, buxgalteriya, menejment va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha ish bilan ta’minlash pochta aloqasi milliy operatorining 2015-2019-yillardagi ustuvor vazifalari hisoblanadi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

"Jahon" AA