“POYEDEM, POYEDIM!” KO’RSATUVINING NAVBATDAGI SONI O’ZBEKISTONDA TASVIRGA OLINADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 9-noyabr kuni mamlakatimizga Rossiyaning “NTV” federal telekanalida namoyish etiladigan “Poyedem, poyedim!” (“Boramiz, tanovvul qilamiz”)mashhur pazandalik ko’rsatuvining tasvirga olish guruhi yetib keldi. Guruhni taniqli boshlovchi, oshpazlik san’atining bilimdoni Djon Uorren boshqarib boradi.
Mazkur ko’rsatuvning O’zbekistonga bag’ishlangan navbatdagi sonini Samarqand va Buxoro shaharlarida tasvirga olish rejalashtirilgan. Ijodkorlarning so’zlariga ko’ra, “Poyedem, poyedim!” ko’rsatuvi orqali tomoshabinlar nafaqat turli o’zbek milliy taomlarini tayyorlashni o’rganishlari, balki Sharqning ikki durdona shaharlari misolida boy tarixiy voqealar, o’zbek xalqining noyob urf-odatlari va an’anlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo’ladi.
Eslatib o’tamiz, Rossiya tasvirga olish guruhining O’zbekistonga safari “Mega-info-tur” davlat dasturi doirasida “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi ko’magida amalga oshirilmoqda. Uni o’tkazishdan maqsad dunyo hamjamiyatini respublikamizning jozibali tarixiy-madaniy ob’yektlari va turli sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Tasvirga olish ishlari 13-noyabrga qadar davom etadi.
“Jahon” AA