Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Poytaxtlik o‘quvchilarning tayyorgarligi avjida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Poytaxtlik o‘quvchilarning tayyorgarligi avjida

Joriy yilda Xorazm viloyatida o‘tkaziladigan umumta’lim maktablari o‘quvchilarining «Umid nihollari – 2015» sport o‘yinlariga poytaxtlik o‘g‘il-qizlar ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan joriy etilgan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yosh avlodning jismonan va ma’nan yetuk, irodasi baquvvat, imon-e’tiqodi mustahkam insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim omil bo‘lmoqda.

«Umid nihollari – 2015» sport o‘yinlari avvalgilaridan farqli ravishda sportning o‘n yetti turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Jumladan, musobaqa dasturiga og‘ir atletika, boks, dzyudo, taekvondo (WTF), erkin va yunon-rum kurashi kiritilgani o‘g‘il-qizlarning jismoniy chiniqishi va ushbu sport turlari bo‘yicha mahoratini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, umumta’lim maktablari miqyosidagi saralash bosqichida 60 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Musobaqalarda o‘z tengqurlaridan har tomonlama ustunligini isbotlagan 128 o‘quvchi-sportchi «Umid nihollari – 2015» sport o‘yinlarining respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shahar saralash bosqichida mirobodlik o‘quvchilar badminton, suzish va sport gimnastikasi bo‘yicha bahslarda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Futbol, boks va badiiy gimnastika bo‘yicha Chilonzor tumani o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda Sirg‘ali tumani o‘quvchilariga teng keladigan raqib topilmadi.

Musobaqaning erkin kurash, dzyudo va shaxmat bahslarida Shayxontohur tumani vakillari yetakchilik qilgan bo‘lsa, yunon-rum kurashi bo‘yicha Uchtepa tumani o‘g‘il-qizlari kuchli deb topildi. Yunusobodlik yosh sportchilar stol tennisi, basketbol va yengil atletika musobaqalarida g‘alaba qozondi. Qo‘l to‘pi va voleybol bo‘yicha Yakkasaroy tumani o‘g‘il-qizlari g‘olib chiqdi.

– Yengil atletika bo‘yicha turli musobaqalarda qatnashganman, – deydi Chilonzor tumanidagi 168-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Malika Maqsudova. – Shunday bo‘lsa-da, “Umid nihollari”ga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Bu sport bayramining mas’uliyati, hayajoni o‘zgacha. Unda ko‘plab do‘stlar orttirishimizga ishonaman.

Poytaxtimizning qo‘l to‘pi bo‘yicha jamoasi a’zolari 6-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida, futbolchilar “Paxtakor” futbol klubi bazasida musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Basketbol bo‘yicha o‘smirlar va qizlar terma jamoalari 7-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi zallarida so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda.

“Umid nihollari” musobaqasining final bosqichida mamlakatimizning barcha hududidan o‘z kuchi va iqtidorini namoyon etgan eng sara o‘quvchilar qatnashadi. Poytaxt terma jamoasi a’zolari ham mazkur sport o‘yinlarida munosib ishtirok etish va g‘olib bo‘lish niyatida astoydil harakat qilmoqda.

www.uza.uz