Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENT ISLOM KARIMOV «LUKOYL» NEFT KOMPANIYASI PREZIDENTI VAGIT ALEKPEROVNI QABUL QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENT ISLOM KARIMOV «LUKOYL» NEFT KOMPANIYASI PREZIDENTI VAGIT ALEKPEROVNI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10-noyabr kuni Oqsaroyda «LUKOYL» neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘ida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ushbu kompaniya faol ish yuritayotganini ta’kidladi.
Bugungi kunda «LUKOYL» Havzak, Shodi, Qo‘ng‘irot konlari va Qandim konlar guruhi kabi istiqbolli gaz konlarini o‘rganish va o‘zlashtirish, Janubi-g‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasidagi neft-gaz uchastkalarini o‘rganish bo‘yicha investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqda. Hamkorlikdagi geologiya-qidiruv ishlari doirasida Orol dengizi akvatoriyasining O‘zbekiston qismida istiqbolli uglevodorod konlari topildi. Kompaniyaning mamlakatimizdagi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirgan jami investitsiyalari hajmi 5 milliard dollardan oshdi.

«LUKOYL» ayni paytda eng ilg‘or texnologiyalarga asoslangan Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishiga kirishdi. Bu zamonaviy zavod yiliga 8 milliard kub metr tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.

Uchrashuvda V.Alekperov 2018-yilda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan ushbu loyiha O‘zbekiston sanoatini yanada rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan 2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturi doirasida amalga oshirilayotganini ta’kidladi. «LUKOYL» kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘idagi investitsiyaviy loyihalar doirasida qabul qilgan barcha majburiyatlarini to‘la va o‘z vaqtida bajarishini qayd etdi.

Muloqot chog‘ida jahon va mintaqa uglevodorod xomashyosi bozoridagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

WWW.UZA.UZ