PREZIDENT SANKT-PETERBURGGA JO‘NAB KETDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlarga boy dastur yakunida salmoqli kelishuvlarga erishildi.
Davlatimiz rahbari Tokioda Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sindzo Abe, parlament rahbarlari va hukumat a’zolari, Yaponiya biznesining yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi.