Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Prezident Shavkat Mirziyoevning Surxondaryoga tashrifi boshlandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Prezident Shavkat Mirziyoevning Surxondaryoga tashrifi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish va istiqboldagi rejalarni belgilab olish maqsadida 30 aprel kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari 2018 yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, tuman va shaharlarda qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lamini sifat jihatdan kengaytirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi.

O‘tgan davr mobaynida mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir muncha ishlar amalga oshirildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish va servis yo‘nalishlarida umumiy qiymati 3 trillion 12 milliard 994 so‘mlik 423 ta loyiha ishga tushirilib, 7 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Davlatimiz rahbari belgilab berayotgan vazifalar ijrosiga muvofiq vohada sement ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Granit va gabbro toshlarini qazib olib, qayta ishlaydigan korxona barpo etildi. Zamonaviy issiqxonalar qurilib, turli ziroatlar yetishtirish, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirishga, ta’lim, tibbiyot sohalarini rivojlantirish, aholini arzon, sifatli uy-joy bilan ta’minlashga e’tibor yanada kuchaydi. Qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim vazifa sifatida belgilab olindi. Jumladan, joriy yilning birinchi choragi yakuni bilan viloyat bo‘yicha 23,6 million dollar qiymatidagi 42 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.Sanoat sohasida 16,2 million dollar, qishloq xo‘jaligida 3,62 million hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 3,16 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi.

Viloyatda yangi loyihalarni ishga tushirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar vohaning hududiy eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, joriy yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan hududiy eksport hajmi 131,5 foizga bajarildi. Yoki o‘tgan yilning dastlabki choragida 17 ming 763,3 dollar qiymatidagi mahsulot chetga jo‘natilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 23 ming 365,9 dollarni tashkil etdi. Dunyoning turli davlatlariga 20 634,9 dollar qiymatidagi meva-sabzavot, 483 ming 800 dollar hajmidagi parrandachilik, 2 ming 731 dollar qiymatidagi sanoat va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.

Joriy yilda viloyatning eksportyor korxonalari 164 ming 981,9 dollar qiymatidagi mahsulot va xizmatlarni eksport qilishni mo‘ljallamoqda.

Tashrif davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zA