QONUNCHILIK HUJJATLARI TA’SIRINI BAHOLASH TIZIMINI ISTIQBOLDA TAKOMILLASHTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qonunchilik hujjatlari ta’sirini baholash tizimini istiqbolda takomillashtirish bo‘yicha muhokama tashkil qilindi.
Vazirlik matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko’ra, muhokamada Adliya vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM” markazi vakillari, shuningdek BMT Taraqqiyot dasturinig yurtimizdagi vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda loyiha mas’ullari, hamkor tashkilotlar tomonidan Qonunchilik hujjatlari ta’sirini baholash tizimini istiqbolda takomillashtirishga oid tatbiq qilinishi ko‘zda tutilayotgan yangi imkoniyatlar taqdim qilinib, o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.
Qonunchilik hujjatlarining samaradorligini baholash tizimi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PF-4609-son farmonida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy qilingan.
“Jahon” AA