“Qonuniylikni ta’minlashning zamonaviy shakllari, usullari va mexanizmlari: O‘zbekiston va jahon tajribasi” mavzusidagi trening
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Mintaqaviy Muloqot” xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filliali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Bosh prokuraturasi bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy hamkorlik doirasida “Qonuniylikni ta’minlashning zamonaviy shakllari, usullari va mexanizmlari: O‘zbekiston va jahon tajribasi” mavsusida trening tashkil qildi, deya xabar beradi O’zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) matbuot xizmati.
Tadbir doirasida yuqori malakali milliy ekspertlar – turli institut vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyatining akademik sektorlari mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda turli vazirliklar va idoralar rahbarlari va hodimlari ishtirok etdi. O‘zbekiston advokatlari palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zNNTMA, Yuristlarning malakasini oshirish markazi, Oliy sud, Toshkent Yuridik instituti kabi tashkilotlar qatorida O‘zEOAVMA vakillari ham mazkur o‘quv tadbirida qatnashdilar.
“Jahon” AA