Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QURILISH SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR KENG JORIY ETILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QURILISH SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR KENG JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 yanvar kuni qurilish sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami yildan yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-joylar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma ob’ektlari qurilmoqda. Tabiiyki, bunday katta hajmdagi ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun malakali quruvchilar, bilimli loyihachilar, barqaror tashkilotlar kerak.

Yig‘ilishda qurilish sohasidagi muammo va kamchiliklar keskin tanqid qilindi.

Masalan, O‘zbekistonda 22 mingga yaqin qurilish-pudrat tashkiloti bo‘lib, ularning aksariyatida ishchilar soni va kasb malakasi to‘g‘risida ma’lumot yuritilmaydi.

Hududlardagi barcha qurilishlar yagona buyurtmachi xizmati tashkilotlariga topshirib qo‘yilgani ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribada qurilish xavfsizligi, sifati va natijasi nazorat qilinsa, bizda barcha kuch va resurslar jarayonni nazorat qilishga sarflanib, sifat ikkinchi o‘ringa tushib qolgan.

Davlatimiz rahbari sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uni zamonaviy asosda rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Loyiha institutlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy tajriba asosida tenderlar o‘tkazishning aniq mezonlarini ishlab chiqish, bu borada elektron tizimni eksperiment tariqasida Toshkent shahrida joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Qurilish, Moliya, Adliya vazirliklari va boshqa mutasaddi tashkilotlarga joriy yil 1 iyulgacha qurilish korxonalari faoliyatini baholash reytingini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Ushbu reytingda ishchilar soni va malakasi, bajarilgan ishlar hajmi, soliq va kreditlarning o‘z vaqtida to‘lanishi kabi mezonlar o‘z aksini topadi.

Prezidentimiz shaharsozlik normalari va qoidalarini hamda yagona buyurtmachi xizmati tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

Sohada axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, loyihalarni yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilishga ruxsat berish, qurilish-pudrat ishlarini masofaviy nazorat qilish jarayonlari haligacha qog‘ozda bajarilyapti. Investor va tadbirkorlar uchun qayerda nima qurish mumkinligi haqida ma’lumot beruvchi geoinformatsion tizim yo‘lga qo‘yilmagan.

Shu bois yig‘ilishda Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tizimni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuklatildi.

Sohada texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinmayotgani, “risk-analiz” tizimi va nazorat yo‘qligi oqibatida baxtsiz hodisalar yuz berayotgani qayd etildi. Tegishli vazirlik va idoralarga qurilish sohasida davlat nazoratini butunlay yangicha asosda tashkil etish, mehnat muhofazasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari qurilish sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimi bugungi kun talabiga javob bermasligini ta’kidladi.

Mehnat vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qurilish sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari va ishchi kasblar klassifikatorini joriy qilish hamda unga muvofiq kollejlarda quruvchilar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Sohaga oid ta’lim dasturlarini yuqori texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida yangidan ishlab chiqish, bo‘lajak kadrlarni zamonaviy loyihalash va dasturiy ta’minot, xususan, BIM (Building Information Modeling) texnologiyalari bilan ishlashga o‘rgatish kerakligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar hisobоt berdi, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

WWW.PRESIDENT.UZ