“Radiotexnika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari: muammolari va kelajak rivoji”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015 yilning 21-22-may kunlari “Radiotexnika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari: muammolari va kelajak rivoji” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o’tkaziladi, deya xabar beradi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o’z rasmiy web-portalida.
Tadbir tashkilotchilari O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiya va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Konferensiya chog’ida quyidagi muhim masalalar muhkama qilinadi: dasturiy injiniring va matematik modellashtirish, raqamli radioaloqa va teleradioeshittirish, axborot uzatish tarmoqlari, tizimlari va nazariyasi, elektron xukumat, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, tashkillashtirish va boshqaruvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqalar.
"Jahon" AA