Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Rag‘bat mas’uliyatni oshiradi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Rag‘bat mas'uliyatni oshiradi

Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti madaniyat, sport, san’at, ta’lim va adabiyot yo‘nalishlarida iste’dodli qizlarni kashf etish, ularni yangi yutuqlar sari rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Navoiy viloyatida 15 nafar iste’dod sohibasi davlatimizning ana shu yuksak mukofoti bilan taqdirlangan. Joriy yilda ular qatoriga Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi Iroda Jumanova ham qo‘shildi.

Iroda bolaligidan sportga mehr qo‘ydi. Kurashchi tog‘asining xalqaro turnirlardagi g‘alabasi uning qiziqishini yanada oshirdi. Tog‘asidek kurashchi bo‘lishga ahd qilgan Iroda Uchquduq shahridagi “Lochin” sport majmuasida tashkil etilgan dzyudo to‘garagiga qatnay boshladi.

– Mamlakatimizda yoshlarning o‘zi yoqtirgan sport turi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratib berilgan, – deydi Iroda. – Men ham ko‘plab tengdoshlarim qatori shu imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qilmoqdaman. Besh yildan beri ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanaman. Bu yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq ko‘rilganim menga cheksiz quvonch bag‘ishlashi bilan birga, zimmamga katta mas’uliyat yuklashini yaxshi bilaman.

Sport bilan jiddiy shug‘ullangan Iroda Jumanova mamlakat va xalqaro miqyosda bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston chempionati, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori bo‘ldi. U ayni paytda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosidir.

– Har bir sportchi kabi men ham yuksak g‘alabalarga erishishni istayman, – deydi u. – Har gal gilamga chiqqanimda g‘olib bo‘lishga astoydil harakat qilaman. Shunday kezlarda Prezidentimizning biz, yoshlarga bildirgan yuksak ishonchi, biz hech kimdan kam emasmiz va hech qachon kam bo‘lmaymiz ham, degan da’vatlari kuchimga kuch qo‘shib, g‘alabaga bo‘lgan ishonchimni oshiradi.

www.uza.uz