ROSSIYA PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida 2016-yil 5-dekabr kuni Rossiya tomoni tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muvaffaqiyat qozongani munosabati bilan chin qalbdan tabrikladi.
Davlat rahbarlari hozirgi kunda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yuksak darajada ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlab, Samarqand shahrida o‘tgan oliy maqomdagi ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida erishilgan kelishuvlar rejali va tizimli asosda hayotga tatbiq etilayotganini ijobiy baholadilar.
Tomonlar turli vazirlik va idoralar, xo‘jalik subyektlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik muayyan amaliy natijalar berayotganini alohida qayd etdilar.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarga doir barcha sohalarda hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ishonchli, ochiq va konstruktiv davlatlararo muloqotni izchil davom ettirish va jadal rivojlantirishga qat’iy tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Suhbat iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
O‘zA