SAMIMIY QUTLOVLAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan tabrik maktubi keldi. Unda shunday deyiladi:
O‘zbekiston Respublikasining
caylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Hurmatli Shavkat Miromonovich,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishingiz munosabati bilan samimiy qutlovlarimizni qabul qilgaysiz.
Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz Sizning vatandoshlaringiz orasidagi yuksak obro‘-e’tiboringizdan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hal etishdagi xizmatlaringiz keng ko‘lamda e’tirof etilganidan dalolatdir.
Rossiyada Sizni davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishning qat’iy tarafdori, deb biladilar. Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilikni bundan buyon ham mustahkamlab, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv hamkorlikni kengaytiraveramiz. Bu esa mamlakatlarimiz birodar xalqlarining tub manfaatlariga mos keladi, Markaziy Osiyoda hamda butun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi makonida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi.
Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Fursatdan foydalanib, Sizni o‘zingiz uchun qulay vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilaman.
Ehtirom bilan,
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
O‘zA