Savdo-sanoat palatasida davra suhbati
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Savdo-sanoat palatasida mamlakatimizda sifatli va shirin ta’mli limon yetishtiruvchi fermerlarni jamlab, ularning kelajakdagi ishlari, mahsulot eksportiga ko’maklashish, muammolarni hal etish va bu yo’nalishda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishga oid davra suhbati bo’lib o’tdi, deya xabar beradi palata matbuot xizmati.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi va yurtimizda faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklari vakillari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida “Sitrus o’simliklarining O’zbekiston sharoitidagi qisqacha tarixi va kelajagi”, “Limon yetishtirish usullari”, “Limonchilar klubini tuzish” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanib, ishtirokchilarning limonni xorij davlatlariga eksport qilish tartiblariga oid savollariga Savdo-sanoat palatasi vakillari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar, muhokamalar va videoroliklar taqdimoti bilan qizg’in ruhda kechdi.
“Jahon” AA