Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOV JARAYONINING FAOL ISHTIROKCHISI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOV JARAYONINING FAOL ISHTIROKCHISI

2016-yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha mahallalarda targ‘ibоt tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari o‘tkazildi. Tadbir «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Bosh prokuratura, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Nuroniy» jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibоt markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, «Jahon» axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, «Mahalla» xayriya jamoat fondi mas’ul xodimlari, fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi J.Inog‘omov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, mamlakatimiz hayotining barcha sohasini tubdan yangilash hamda modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar samarasida fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi, saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydigan demokratik standartlarga mos bo‘lgan saylov tizimi yaratilganini ta’kidladi.

Jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas qismi sifatida mahalla institutining huquqiy asoslarini yaratish, ularning zamon talablariga mos holda takomillashtirilishi natijasida bugungi kunda ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan o‘ttizdan ziyod vazifa fuqarolar yig‘inlari tomonidan muvaffaqiyatli bajarilib kelinayotgani, mahallalar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markazlariga aylanayotgani qayd etildi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016-yil 7-oktabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha fikr yuritildi. Mazkur dastur doirasida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mahallalarda targ‘ibоt tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga binoan tashviqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Mahallalarda «Men shaxsan o‘zim ovoz beraman», «Bizning oilamizda har birimiz o‘z ovozimizga egamiz», «Mening ovozim Vatan kelajagiga daxldor», «Biz tanlash huquqiga egamiz», «Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz?» singari mavzularda targ‘ibоt tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Seminarda Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarda fuqarolar yig‘inlari raislari, jamoatchilik komissiyalarining o‘rni, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunning mohiyati va ahamiyati, uchastka saylov komissiyalari ishini samarali tashkil etishda mahalla faollarining roli mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish davrida mahallalarda targ‘ibоt tadbirlarini izchil davom ettirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Saylov kampaniyasi tadbirlarida aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish bo‘yicha targ‘ibоt ishlarining izchil olib borilishi, saylovchilarning faol ishtiroki davlatimiz va jamiyatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab yetishiga xizmat qilishi e’tirof etildi.

Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisi A.Aripov so‘zga chiqdi.

O’zA