Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOVLAR VA OAV: HUQUQ KAFOLATI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOVLAR VA OAV: HUQUQ KAFOLATI

Yurtimizda demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli beqiyosdir. Davlatimiz rahbari mamlakatdagi eng dolzarb muammolar, yechimini kutayotgan masalalar to‘g‘risida xabarlarni ommaviy axborot vositalaridan olayotganligini e’tirof etmoqda. Shu ma’noda davlat va jamiyat o‘rtasida eng samarali demokratik institut sifatida o‘z o‘rnini topayotganligini to‘liq e’tirof etish mumkin.

Demokratiyaning eng muhim tamoyili – fuqarolarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlashda ham ommaviy axborot vositalarining salohiyati katta ahamiyatga egadir.Shunday ekan saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarni puxta bilish va professional yondashuv talab etiladi.

OAV nafaqat saylov kampaniyasining borishi to‘g‘risida so‘nggi yangiliklarni taqdim etish, balki saylovda ishtirok etayotgan nomzodlarning siyosiy qiyofasini yaratish va o‘zgartirish, saylovchilarning siyosiy qizikishini uyg‘otishda xam ulkan imkoniyatlarga egadir. Buni ko‘pgina davlatlarda bo‘lib o‘tayotgan saylov kampaniyalari tajribasidan xam ko‘rishimiz mumkin.

Xususan, Germaniya qonunchiligida saylov jarayonida OAVlarning ishtirokini bevosita shartlaydigan qonunchilik normalari mavjud emas. Lekin, nomzodlar tomonidan tashviqot materiallarini radio va televideniyeda joylashtirishni tartibga soluvchi muayyan qoidalar mustahkamlangan. Shveytsariya qonunchiligiga ko‘ra OAVlar saylovlar jarayonini yoritishda xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi lozim.

Saylovoldi tashviqoti tashkiliy jihatdan aniqlik va muayyan qoidalarga amal qilishni talab etadi.

O‘zbekiston qonunchiligida saylovlarda OAVning ishtiroki masalasi qanday tartibga solingan?

Mamlakatimizda ommaviy-axborot vositalarining saylovoldi tashviqot, saylov jarayoni va natijalarini yoritish va so‘z erkinligini ta’minlashda yetarli imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasiga muvofiq ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi va senzuraga yo‘l quyilmaydi.

Ta’kidlash joizki, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish davridagi OAV faoliyati asosan quyidagi yo‘nalishlarda, ya’ni saylovlarni o‘tkazishda tashviqot qilish, saylov komissiyalari faoliyatini yoritish, saylov komissiyalarining OAVlardan jamoatchilikni o‘z faoliyatlari natijalari yuzasidan xabardor qilish, jamoatchilik nazorati amalga oshirish orqali amalga oshiriladi.

Ommaviy axborot vositalari saylovlarda erkin, hech bir to‘siqsiz ishtirok etadi. Jumladan, saylov kodeksining 8-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradi.

Bu borada, saylov komissiyasining majlislarida OAV vakillari ishtirok etishi mumkin.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 35-moddasiga muvofiq ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir bo‘lish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.

Saylov kodeksning 46-moddasiga ko‘ra, tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi. Davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

OAV tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.

Ushbu qoida saylov huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga to‘liq mos keladi. Jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi insoniylik mezoni bo‘yicha konferensiyasi Kopengagen hujjati 7-bandida universal saylov standartlariga qo‘shimcha tarzda belgilanganki, qonun va davlat saylovlarning erkin hamda halol o‘tkazilishini, saylov jarayonida ishtirok etuvchi barcha siyosiy partiya va nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan to‘siqsiz foydalanish imkoniyatini ta’minlashi kerak.

Xulosa qilib aytganda, saylovlar mamlakatimizning xalqaro maydonda va jahon hamjamiyati nazarida obro‘-e’tiborini, yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning xalqaro andoza va talablarga to‘la hamohang ekanini yana bir bor sinovdan o‘tkazadigan jarayon hisoblanadi.

Shu bois, saylovlar avvalambor, Konstitutsiyamiz mezonlari va prinsiplari, saylovga oid qonunchilikka binoan erkin, ochiq va oshkora, xolisona va halol, bir so‘z bilan aytganda, saylovchilarimizning erkin xohish-irodasini namoyon qiladigan tarzda o‘tishini yoritishda ommaviy axborot vositalari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

X.Meliyev,

O‘zbekistan Respublikasi

adliya vaziri o‘rinbosari