Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SayyohlikSayyohlikOʻzbekistonga 2019-yilda eng koʻp sayyoh qaysi mamlakatlardan kelgani aytildi OʻZBEKISTONGA 2019-YILDA ENG KOʻP SAYYOH QAYSI MAMLAKATLARDAN KELGANI AYTILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SayyohlikSayyohlikOʻzbekistonga 2019-yilda eng koʻp sayyoh qaysi mamlakatlardan kelgani aytildi OʻZBEKISTONGA 2019-YILDA ENG KOʻP SAYYOH QAYSI MAMLAKATLARDAN KELGANI AYTILDI

Maʼlumotlarga koʻra, 2019-yilda Oʻzbekistonga 6 million 748 ming 500 sayyoh kelgan. Eng koʻp sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasiga tegishli. Ularning soni 5 million 764 ming 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 ming 600, uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 ming 400 kishini tashkil etgan, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri O’zA ma’lumotiga tayanib.

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etgan brifingda maʼlum qilingan.

Oʻzbekistonga tashrif buyurganlar orasida qarindosh-urugʻ va doʻstlarini koʻrishga kelganlar soni 81,8 foizdan iborat boʻlgan boʻlsa, dam olish uchun kelganlar 15,5 foizni tashkil etgan. Boshqa sabablar, jumladan, davolanish, xaridlar, biznes uchrashuvlarda ishtirok etish hamda taʼlim olish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,7 foiz boʻlgan.

Oʻtgan yil yakuniga koʻra, turistik xizmatlar eksporti koʻrsatkichi 1 milliard 313 million AQSH dollarini tashkil qilib, 2018-yilga nisbatan 26,1 foizga oʻsish qayd etildi.

Oʻzbekiston turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targʻib etish maqsadida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan 160 dan ortiq OAV vakillarining tashrifi tashkillashtirildi.

Targʻibоtda xorijdagi vatandoshlar salohiyatidan ham keng foydalanilmoqda. Xususan, 6 mingdan ortiq vatandoshimiz Oʻzbekiston turizm salohiyatini targʻib qilishga jalb qilindi. Oʻtgan yilning 17-21-dekabr kunlari Tokio shahridagi Sibuya maydonida Oʻzbekiston turizm salohiyatini targʻib qiluvchi videoroliklar namoyish etildi, 90 dan ortiq aksiyalar tashkil etildi, 60 mingdan ortiq targʻibоt materiallari yetkazildi.

– Turistlar tashrifining mavsumiylik omiliga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, keskin farqlar guvohi boʻlamiz, – dedi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Davrukov. – Oʻtgan yillar davomida xorijiy turistlarning eng koʻp tashrif buyurgan oyi va eng kam tashrif buyurgan oyi oʻrtasidagi farq 1,7 foizni tashkil etgan. Masalan avgust oyida eng koʻp kelgan turistlar 693 mingni tashkil etgan boʻlsa, fevral oyida 393 ming nafardan iborat boʻlgan. 2018-yilda bu koʻrsatkich 2,1 foizga qisqargan.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan MICE-turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi doirasida hududlardagi MICE-tadbirlar uchun salohiyatli obyektlar oʻrganib chiqilib, ularning yagona reyestri shakllantirildi va “Meetings & Events Catalogue” katalogi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, hozirda shu kabi tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida Qoʻmita tuzilmasida Kongress va koʻrgazmalar markazi tashkil etilmoqda.

Mehmonxonalar qurilishi va rekonstruksiyasi, sanatoriyalar, sogʻlomlashtirish komplekslari, sport-rekreatsiya zonalarini yaratishga qaratilgan 1,1 milliard miqdoridagi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.