Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmon bilan uchrashdi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Toshkent shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli bugun savdo-iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanmoqda. O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, turli tarmoqlardagi kooperatsiya kuchaymoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.
Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.
UZA