Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOEV: YAGONA YO‘LIMIZ – TADBIRKORLAR SONINI KO‘PAYTIRISH, ODAMLARNI ISHBILARMON QILISH

2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni Qonunchilik saylovi 2019 yil Qonunchilik saylovi 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Uchrashuvlar Uchrashuvlar Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Sayyohlik Sayyohlik O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOEV: YAGONA YO‘LIMIZ – TADBIRKORLAR SONINI KO‘PAYTIRISH, ODAMLARNI ISHBILARMON QILISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 8 yanvar’ kuni Davlat byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ilg‘or xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida mamlakatimizda milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallashtirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. Buning natijasida o‘tgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion so‘m mablag‘ qoldi.

2020 yil 1 yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.

Yig‘ilishda buning uchun tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va bu orqali byudjet tushumlarini muntazam oshirib borish zarurligi ta’kidlandi.

– Yagona yo‘limiz – tadbirkorlar sonini ko‘paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish! Har bir hokim byudjetga qo‘shimcha daromadlarni ta’minlashi uchun o‘zi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari bilan yelkama-elka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Joylardagi rahbarlarning eskicha ish uslubi, energiya resurslari iste’moli va to‘lovi bo‘yicha hisob-kitob yuritishi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga yondashuvi tanqid qilindi. O‘tgan yili Mirzo Ulug‘bek, G‘uzor va Muborak tumanlarida faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlar soni oshgani ko‘rsatib o‘tildi.

– Bitta tadbirkor o‘z faoliyatini to‘xtatsa ham, bunga “favqulodda holat” sifatida qaralishi kerak, – deya ta’kidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi raqobatbardosh tadbirkorlarni ko‘paytirishdir.

Yig‘ilishda joriy yil birinchi chorakda byudjetga soliq tushumlarini ta’minlash uchun hokimlar boshchiligida, ularning iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, moliya va soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berildi.

Avvalo, yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilish hamda faoliyatini to‘xtatgan korxonalarni tiklashga ko‘maklashish kerakligi ta’kidlandi. Buning uchun elektr, gaz, yo‘l, suv bilan bog‘liq infratuzilmani yaxshilash, yangilarini barpo etish zarur. Shu bois hokimiyatlar tomonidan oshirib bajarilgan daromadlar, birinchi navbatda, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirilishi belgilandi.

Shuningdek, tayyor infratuzilmasi bor kichik sanoat zonalarining 263 gektar maydoni va 50 mingdan ziyod ob’ektlaridan samarali foydalanilsa, ko‘plab yangi quvvatlar tashkil etish mumkin. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda shu borada manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari har bir tuman kesimida resurs solig‘i to‘lovchilarni hamda ularning ob’ektlarini hisobga olish, ish o‘rinlari va tadbirkorlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ham topshiriqlar berdi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun qarzdorlikni qisqartirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boshqa joylarda debitor qarzdorlik ko‘paygani, avtomobillarga gaz quyish shohobchalarida katta miqdorda talon-torojliklar aniqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir etishi bilan birga hududlardagi tadbirkorlarning elektr va tabiiy gaz ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari bunday holatlarga chek qo‘yib, elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorlikni qisqartirish, aholi va tadbirkorlarni ushbu manbalar bilan uzluksiz ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumki, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “O‘zqurilishmateriallari”, “O‘zkimyosanoat” kabi yirik korxona va tashkilotlar byudjet ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Endilikda ulardan tushumlar yaqinda tuzilgan Yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash inspeksiyasi tomonidan mustaqil yig‘iladi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga o‘z komplekslari tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini har oyda muhokama qilib borish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Byudjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yo‘nalish – davlat aktivlari. O‘tgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami 1,6 trillion so‘m dividend to‘langan, xolos.

Shu bois mutasaddilarga davlat mulki ob’ektlarini, jumladan, yog‘-moy va alkogol’ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish, yirik soliq to‘lovchi sub’ektlar bo‘yicha dividend to‘lash miqdori va davriyligini belgilash vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish uchun viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari moliya, soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish va byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha doimiy ishlashi zarurligi qayd etildi.

Videoselektorda yana bir muhim masala – yangi Soliq kodeksini hayotga to‘liq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lumki, o‘tgan yili soliq tizimidagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib borildi.

Joriy yil 1 yanvardan mamlakatimiz soliq tizimida 120 dan ortiq yangi qoidalar amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar to‘g‘ri qo‘llanishi, aholining huquq va manfaatlari ta’minlanishi uchun o‘zgarishlardan barcha xabardor bo‘lishi kerak.

Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni o‘qitishni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli ijrosini ta’minlashga imkon bo‘ladi. Undan tashqari, hujjatda ko‘zda tutilgan qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra suhbatlari, seminarlar va boshqa targ‘ibоt tadbirlarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi. Ommaviy axborot vositalarida targ‘ibоt bo‘yicha media reja ishlab chiqib, birinchi chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yangi kodeksda soliq organlariga ham ko‘plab vazifalar yuklatilgan. Ularni sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin oshirishi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan o‘zgartirishi zarurligi ta’kidlandi.

Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda soliq tekshiruvlari o‘tkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda qurilishni moliyalashtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan ob’ektlarda qurilishni boshlash va loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilishni moliyalashtirish taqiqlanishi qayd etildi.

– Bugungi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish iqtisodiy kompleksdan katta mas’uliyat talab etadi. Shu bois bu yil hukumat va hududlar uchun “iqtisodiy kompleksni safarbar qilish yili” bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Videoselektorda soha va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar belgilangan prognoz rejalarni bajarish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоt berdi.

WWW.PRESIDENT.UZ