Shavkat Mirziyoevning yangi asari nashr etildi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
"O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” nomli yangi asari nashrdan chiqarildi.
Mazkur kitob Prezident asarlarining 3-jildi hisoblanib, kitob 3 bo‘limdan iboratdir.
Asarning birinchi bo‘limiga mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlangan nutq va ma’ruzalar kiritilgan.
Kitobning ikkinchi bo‘limidan esa xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar, uchinchi bo‘limdan yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabriklar o‘rin olgan.
O‘zA