Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va sanoat vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklarining qator vazirlik va idoralari, yetakchi investitsiya, moliya, logistika, qurilish va boshqa kompaniyalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiyani samimiy qutladi.

Oʻz navbatida, BAA energetika va sanoat vaziri Suhayl al-Mazruiy Amirliklar delegatsiyasi nomidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yil mart oyida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida oʻtkazilgan oliy darajadagi samarali muzokaralar doʻstlik va sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keyingi oylarda boʻlib oʻtgan yuqori darajadagi delegatsiyalar almashinuvi erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirishning aniq yoʻnalishlari va birinchi galdagi chora-tadbirlarini belgilab olish imkonini bergani taʼkidlandi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni, jumladan, elektr stansiyalari qurish va modernizatsiya qilish, yangi konlarni oʻzlashtirish va uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlashni kengaytirish, zamonaviy kimyo sanoati va agrosanoat korxonalari, logistika markazlari tashkil etish, mamlakatimiz hududlarida infratuzilmani rivojlantirish va boshqa qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan samarali islohotlarni amalga oshirish borasida tajriba almashish, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish muhimligi taʼkidlandi.

Bugungi kunda sheriklikning har bir ustuvor yoʻnalishida tegishli takliflar ishlab chiqish va ikki tomonlama tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyat yuritmoqda.

Mehmonlar Oʻzbekistondagi davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan keng koʻlamli islohotlarni, shuningdek, hamkorlik uchun mavjud katta imkoniyatlarni yuksak baholadilar.

Uchrashuv yakunida mamlakatlarimiz xalqlari farovonligi yoʻlida koʻp qirrali munosabatlarni izchil rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.

www.president.uz