Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev: Hunarmandchilikning paydo bo‘lishi – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev: Hunarmandchilikning paydo bo‘lishi – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam

Qo‘qon shahrida 14 sentabr kuni birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barchani chin yurakdan qutlab, yurtimizga, ushbu anjumanga bo‘lgan katta hurmat va e’tibori uchun xorijiy mehmonlarga tashakkur izhor etdi.

— Umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan xalq amaliy san’ati dunyodagi har bir xalq hayotida, uning turmush tarzi va qadriyatlari rivojida alohida o‘rin tutadi. Insoniyatning ongli hayotida hunarmandchilikning paydo bo‘lishi – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz, - dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev buyuk avliyo va hunarmand bobomiz Bahouddin Naqshband so‘zlaridan iqtiboslar keltirdi. Diyorimizda hunarmandlar mehnati qadrlanib, yoshlarning hunar o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, ushbu festival bu sohani yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

— Ushbu xalqaro festival nafaqat ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi, balki jahon hunarmandlari, butun dunyo ustalarining katta bayrami, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu – olis tarix va bugungi zamon nafasini, turli qadriyat va an’analarni o‘zida yaqqol namoyon etadigan, mushtarak dillarni birlashtiradigan chinakam do‘stlik va hamkorlik anjumanidir, - dedi Prezident.

Mazkur festival davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq o‘tkazilmoqda. Festival arafasida shahar hayotida yana bir muhim voqea yuz berdi - Jahon hunarmandlar kengashi tomonidan Qo‘qon shahriga “Jahon hunarmandlari shahri” degan yuksak unvon berildi.

Marosimda Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Rozi Grinlis ham nutq so‘zladi.

Anjuman o‘tkaziladigan maydon atrofi bayramona bezatilgan. Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlardan kelgan hunarmandlar buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan.

Xalqaro hunarmandchilik festivali ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Bu yilgi anjumanda 78 ta mamlakatdan 370 dan ziyod hunarmandlar, san’atshunoslar, jurnalistlar ishtirok etmoqda.

www.president.uz