Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qo‘ydi. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Bu Shavkat Mirziyoyevning o‘z ustozi, mustaqilligimiz asoschisi bo‘lgan Islom Karimovga yuksak hurmatining yana bir ifodasi bo‘ldi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2 sentabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi an’anaga aylangan.
Gul qo‘yish marosimida parlament va hukumat a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.