Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV JAHON BANKI DELEGASIYASINI QABUL QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV JAHON BANKI DELEGASIYASINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Jahon banki guruhi dunyo miqyosidagi yetakchi moliyaviy institut bo‘lib, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi dasturini amalga oshirishda strategik sherikdir.

Bank ekspertlari O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya va soliq, ta’lim sohalarida modernizasiya ishlarini samarali amalga oshirishga doir takliflarni ishlab chiqishda, investisiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda faol ishtirok etmoqda.

Bugungi kunda Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan va davom ettirilayotgan loyihalarning qiymati 5,5 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘tgan yili ushbu global moliyaviy institut umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalarni ma’qulladi. Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kimoshdi savdosi, shuningdek, Vashington shahrida "Mamlakat platformasi" taqdimoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari bularning barchasi O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, ochiq va konstruktiv muloqot natijasida erishilganini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, Siril Myuller Jahon banki guruhi prezidenti Devid Melpassning samimiy salomini yetkazib, tashkilot O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor qayd etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muhim tarmoqlarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, energetika, neft-gaz tarmog‘i, transport va boshqa sohalarda islohotlarni davom ettirishga ko‘makni kengaytirish hamda qashshoqlikka qarshi kurashish borasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi sheriklik bo‘yicha yangi uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga kelishib olindi.