Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV JAHON BOJXONA TASHKILOTI BOSH KOTIBINI QABUL QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV JAHON BOJXONA TASHKILOTI BOSH KOTIBINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-noyabr kuni Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining vazirlar darajasidagi konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning Jahon bojxona tashkiloti bilan konstruktiv hamkorligi tobora mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston 1992-yildan buyon ushbu nufuzli xalqaro tuzilma a’zosidir. O‘tgan davrda yurtimiz bojxona organlarining huquqiy bazasini shakllantirish, infratuzilmasini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbir va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Keyingi yillarda, avvalo, bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, malakali kadrlarni, jumladan, tashkilotning Bryusseldagi bosh qarorgohi negizida tayyorlash kabi yo‘nalishlarda o‘zaro almashinuvlar sezilarli faollashgani kuzatilmoqda.

Uchrashuvda xalqaro standartlarni joriy etish asosida bojxona organlari salohiyatini oshirish, bojxona maskanlarini zamonaviy kompleks va uskunalar bilan jihozlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashni kuchaytirish, xorijdagi yetakchi markazlarda mutaxassislar tayyorlash borasidagi hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

O‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni birgalikda ishlab chiqish va tez fursatda qabul qilishga kelishib olindi.

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarning natijadorligini, shuningdek, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni yuksak baholadi.

Kunio Mikuriya mamlakatimiz bojxona organlarini isloh qilishni davom ettirishda va mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda tashkilot bundan buyon ham ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

WWW.PRESIDENT.UZ