Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV NAGOYA UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV NAGOYA UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi navbatdagi muhim manzil Nagoya universiteti bo‘ldi.

Nagoya universiteti dunyodagi eng nufuzli ilm-fan va ta’lim maskanlaridan, qit’adagi o‘nta eng namunali oliy ta’lim dargohlaridan biridir.

Mazkur universitetda dunyoga mashhur ko‘plab olimlar ta’lim olgan va mehnat qilmoqda, bu yerdan fizika va kimyo fanlari bo‘yicha olti nafar Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan.

Bugungi kunda universitetda 16 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Shundan 2,6 ming nafari xorijiy mamlakatlar, 30 nafardan ortig‘i O‘zbekiston yoshlaridir. Hozirga qadar mazkur universitetda 400 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba va tadqiqotchi ta’lim olgan.

2010 yilda Toshkentda Nagoya universitetining vakolatxonasi ochilgan edi. Bugungi kunda mazkur vakolatxona mamlakatlarimiz oliy o‘quv yurtlari uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Bevosita universitet ishtirokida ikki mamlakatda muntazam o‘tkazilayotgan O‘zbekiston – Yaponiya talabalar akademik forumi va oliy o‘quv yurtlari rektorlarining an’anaviy konferensiyalari ilmiy hayotimizda katta rol o‘ynamoqda.

Davlatimiz rahbari unifersitet faoliyati bilan tanishdi, uning prezidenti Seyichi Matsuo bilan uchrashdi. Uchrashuvda qator Nobel mukofoti sovrindorlari va boshqa olimlar ishtirok etdi.

– Sizning yurtimizga ilmiy hamkorligimizni rivojlantirish borasida qilayotgan katta xizmatlaringizni alohida qadrlaymiz. Ayniqsa, o‘tgan yili Nobel mukofoti sovrindori, professor Ryoji Noyori janoblari bilan birgalikda O‘zbekistonga tashrifingiz mamlakatimiz ilmiy hayotida muhim voqea bo‘ldi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Seyichi Matsuoning O‘zbekiston ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini e’tiborga olib, yaqinda Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy kengashi uni universitetning faxriy rektori etib sayladi. Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi professor Noyoriga faxriy akademik unvoni berildi.

Uchrashuvda Prezidentimiz Seyichi Matsuo va Ryoji Noyorini ushbu unvonlar bilan tabrikladi.

Uchrashuvda akademik almashinuvlarni faollashtirish hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

WWW.PRESIDENT.UZ