Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 sentyabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va OFK o‘rtasidagi samarali sheriklik mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgani va izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.

O‘zbekiston 1994 yildan buyon konfederatsiya a’zosi hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu tashkilot bilan birgalikda futbolni rivojlantirish, jumladan, hududlarda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish va mavjudini rekonstruksiya qilish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ayollar futbolini taraqqiy ettirish, muhim xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, texnik ko‘mak bo‘yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan ko‘plab tadbir va dasturlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Konfederatsiya O‘zbekistonda xalqaro darajadagi futbol infratuzilmasini yaratish, uslubiy ta’minot, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiylar va ha

OFK prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda ommaviy sportni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan siyosatni, jumladan, futbol rivoji qo‘llab-quvvatlanayotganini yuksak baholadi.

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishda qat’iy ekani hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi.

www.president.uz