Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV: TURISTLARNI TARIXIMIZ VA QADRIYATLARIMIZ BILAN JALB QILISHIMIZ MUMKIN

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV: TURISTLARNI TARIXIMIZ VA QADRIYATLARIMIZ BILAN JALB QILISHIMIZ MUMKIN

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva temir yo‘l vokzali bilan “Ichan-qal’a” majmuasi o‘rtasida barpo etilayotgan xiyobonni ko‘zdan kechirdi. Bu ham davlatimiz rahbarining avvalgi tashriflari chog‘ida berilgan topshiriq ijrosi bo‘lib, Xivaga yangicha qiyofa bag‘ishladi.

Xiyobonning ikki tarafida ikki qavatli turizm ob’ektlari qurilgan. Ularning birinchi qavatida hunarmandchilik ustaxonalari, savdo va maishiy xizmat do‘konlari, ikkinchi qavatida oilaviy mehmonxonalar, restoranlar tashkil etilgan. Bu xiyobon va shoxobchalar sayyohlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish bilan birga odamlar uchun ish o‘rni, daromad manbai ham bo‘ladi.

Prezidentimiz shu yerda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, Xiva shahrining tarixiy qismini batafsil rejalashtirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

Ularda mamlakatimizda xalqaro brenddagi mehmonxonalar bunyod etish, savdo va servisni kengaytirishga qaratilgan rejalar taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev xorijlik ishbilarmonlar bilan suhbatlashib, ularning investitsiya takliflari bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

— O‘zi biznes nima degani? Manfaat degani. O‘zbekistonda turizm juda manfaatli, istiqbolli soha. Shuning uchun bu sohaga tadbirkorlarni, investorlarni ko‘proq jalb etib, ularga «yashil yo‘lak» qilib berish kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Xiva yaqinida ko‘p qavatli uylar qurib, shaharning tarixiy qismida yashayotgan aholini bosqichma-bosqich ko‘chirish, qal’a ichidagi uylarni sayyohlik ob’ektlariga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.

— Biz chet ellik turistlarni qadimiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin. Lekin Xorazmning, Xivaning tarixi to‘liq o‘rganilmagan, uni tanishtirish bo‘yicha tizim ham yo‘q. Shuning uchun Xorazm tarixini eng qadimgi davrdan boshlab yilma-yil o‘rganib, odamlarga sodda tilda tushuntirishni yo‘lga qo‘yish kerak. Muhim davrlar va voqealar, har bir xon hayoti bo‘yicha shou-rumlar tashkil etib, sayyohlarni qiziqtirish zarur. Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu yerda ko‘proq qolib vaqtini mazmunli o‘tkazsin, dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Turizm qo‘mitasi va boshqa tegishli tashkilotlarga shu bo‘yicha topshiriqlar berildi.

WWW.PRESIDENT.UZ