Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHAVKAT MIRZIYOYEV YXHT PARLAMENT ASSAMBLEYASI RAISINI QABUL QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHAVKAT MIRZIYOYEV YXHT PARLAMENT ASSAMBLEYASI RAISINI QABUL QILDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YXHT PA) raisi Georgiy Seretelini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz 2018 yilda ushbu organdagi ishtirokini qayta tiklaganidan buyon o’zaro munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarilgani va ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda 2019-2020 yillarda YXHT Parlament assambleyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” amalga oshirilmoqda.

Tuzilmaning 50 nafarga yaqin vakillaridan iborat delegatsiya ilk marta O’zbekistondagi saylovlarni kuzatishda ishtirok etayotgani qayd etildi.

Georgiy Sereteli Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda birlashma bilan hamkorlik faollashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

YXHT PA raisi O’zbekistonning assambleyadagi ishtiroki YXHTga a’zo davlatlar qonun chiqaruvchi organlari bilan aloqalarni mustahkamlash doirasida mamlakatning manfaatlarini ilgari surishda yangi imkoniyatlar ochganini ta’kidladi.

Mehmonning fikricha, bo’lib o’tgan saylovlar O’zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega, chunki ular keng miqyosli islohotlar davrida, YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining tavsiyalarini ham hisobga olib ishlab chiqilgan yangi Saylov kodeksi asosida o’tdi.

Uchrashuv so’ngida YXHTning O’zbekistondagi saylovlarni kuzatish bo’yicha uzoq va qisqa muddatli missiyalarining faoliyatiga qulay sharoitlar yaratilgani uchun minnatdorlik bildirildi.

WWW.PRESIDENT.UZ