SHHTGA A’ZO DAVLATLAR ADLIYA VAZIRLARI KENGASHIDA O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING ISHTIROKIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yil 18-avgust kuni adliya Vaziri Muzraf Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Adliya vazirlarining uchinchi kengashida ishtirok etadi.
Yig‘ilishda qonun ijodkorligi sohasida hamkorlik qilish, huquq ustvorligini ta’minlash va o‘zaro manfaat kasb etuvchi masalalar bo‘yicha adliya vazirliklari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Kengash yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilish va ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni imzolash kutilmoqda.