Shveysariya Maxsus vakili bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Shveysariya Konfederatsiyasining suv hamkorligi masalalari bo‘yicha Maxsus vakili Vilgelm Mayer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida 2014-yilning 24-26-noyabr kunlari Bazel shahrida Shveysariya Hukumati tomonidan tashkillashtirilgan suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi mintaqaviy uchrashuv yakunlari hamda suv resurslarini boshqarish sohasidagi milliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston-Shveysariya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida global miqyosda iqlim o‘zgarishi va ekologik vaziyatning yomonlashar ekan suv resurslaridan oqilona foydalanish yanada dolzarb muammo bo‘lib qolayotgani qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning prinsipial pozitsiyasiga ko‘ra suv resurslari va millionlab insonlarning hayoti uchun asosiy manba hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik transchegaraviy daryolar mavjud mintaqada suv-energetika muammolarining barcha masalalari BMTning tegishli konvensiyalarida belgilab qo‘yilgan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq ko‘rib chiqilishi lozim. Ushbu hujjatlar transchegaraviy daryolardan foydalanishda atrof muhitga va chegaradosh mamlakatlarga zarar yetkazmaslikni taqazo etadi.
Uchrashuvda Shveysariya Elchisi Nikolas Bryul va Taraqqiyot va hamkorlik bo‘yicha Shveysariya agentligi vakolatxonasi direktori Ilariya Dali ishtirok etdi.