SINGAPURDAN QUTLOVLAR

Yurtimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23-yilligi arafasida “Indorama” korporatsiyasi direktori Prakash Kerjival O’zbekiston xalqiga o’zining samimiy qutlovlarini yo’lladi :

— O’zbekistonning bosh qomusi davlatning rivojlanish yo’li va mamlakat siyosatidagi ustuvor yo’nalishlarni belgilab beruvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatdir.

Shu bilan birga, O’zbekiston Konstitutsiyasi kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish asoslarini o’zida birlashtirgan bo’lib, unda fuqarolar hamda davlatning huquq va majburiyatlari, ularning o’zaro ishlash mexanizmlari belgilab berilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyada belgilangan bandlarga to’la mos holatda Respublikada iqtisodiy faoliyat olib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xususiy mulk daxlsizligiga qaratilgan huquqiy asos yaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan O’zbek xalqini samimiy muborakbod etishdan baxtiyorman ! Demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo’lida olib borayotgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

“Jahon” AA, Singapur