Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Sodiq Safoyev Oksford markazining majlisida ishtirok etdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Sodiq Safoyev Oksford markazining majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev joriy yil 23-sentyabr kuni Britaniyaning Oksford shahrida bo‘lib o‘tgan Oksford islom tadqiqotlari markazi (OITM) Xalqaro akademik konsultativ qo‘mitasining 11 majlisida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

Mazkur tadbirda OITMning o‘tib borayotgan yildagi faoliyati yakunlari, ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish rejalari muhokama etildi.

Ishtirokchilar tomonidan Islom tarixining fanlaroaro tadqiqotlar va islom olamidagi zamonaviy qarashlarini rivojlantirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Qayd etilishicha, tadqiqotlar Islom ma’rifati pozitsiyasi mustahkamlanishi, sivilizatsiyalararo muloqotning chuqurlashishi va musulmon jamiyatlarining modernizatsiya qilinishiga ta’sir etadi.

Shu mazmunda ular jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa ko‘shgan buyuk islomshunos allomalarning merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish, xalqaro jamoatchilikka tinchlik, bag‘rikenglik va ma’naviyatga chorlovchi dinimizning sof insonparvarlik maqsadini, shuningdek O‘zbekiston rahbariyatining siyosatini yuksak baholadilar.

Islom tadqiqotlari Oksford markazi direktori Farxan Nizomiy va boshqa ishtirokchilar O‘zbekistonning Al-Buxoriy, At-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk islom olami namoyondalarining ishlarini kataloglashtirish hamda nashr etish, ularning tadqiqotlariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar va simpoziumlar o‘tkazishdagi say’-harakatlariga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, 1985-yilda tashkil topgan OITM Islomga yo‘naltirilgan san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlovchi dunyodagi nufuzli ilmiy markazlardan biri sanaladi. Markaz rahnamosi Britaniya taxti vorisi Charlz Uelskiy hisoblanadi.

Olim ajdodlarimiz xotirasiga hurmat belgisi sifatida OITMda imom al-Buxoriy va imom at-Termiziy nomli stipendiyalar ta’sis etildi. Bu O‘zbekistonning va boshqa mamlakatlarning ekspertlariga grant mablag‘lar hisobiga markaz negizida tadqiqotlar olib borish imkonini beradi. Markaz majmuasidagi ikkita zal Samarqand va Buxoro deb nomlanadi.

OITM Xalqaro akademik maslahat qo‘mitasi tarkibiga Buyuk Britaniya, AQSh, Frantsiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Malayziya, Hindiston, Pokiston va boshqa mamlakatlarning 20 nafar e’tiborli islomshunos olimlari va davlat arboblari kiradi. 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Maslahat qo‘mitasining doimiy a’zosi hisoblanadi.

Oksford universiteti olimlari bilan uchrashuv

Shu kunning o‘zida Sodiq Safoyev Oksford universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida britaniyalik olimlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlar, respublikada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovi, mamlakat rahbariyatining uni yuksak xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkazishga sodiqligi hamda bu borada tashlanayotgan amaliy qadamlar haqida batafsil xabardor etildi.

Universitet ekspertlari O‘zbekistonni siyosiy va iqtisodiy modernizatsiyalash jarayoniga, mamlakatning ochiq va faol tashqi siyosatiga yuqori baho berdi.

Oksford universitetining Magdalen-kolleji prezidenti D.Kleri respublikaning katta ilmiy va kadrlar salohiyatini qayd etib, energetika, suv resurslari va sog‘liqni saqlash sohasida o‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida so‘zladi.

Britaniya oliy o‘quv yurtlarining olimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish va hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida yaqin kelajakda universitet delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Bodlian kutubxonasini borib ko‘rdi. Bu yerda chig‘atoy (eski o‘zbek) tilida yozilgan bebaho qo‘lyozmalar saqlanadi. Delegatsiya a’zolari Alisher Navoiy “Hamsa” dostonining asl nusxasini ko‘zdan kechirdi. Kutubxona vakillari bilan Movarounnahr olimlari qo‘lyozmalarini kataloglashtirish va faksimil nusxalarini yaratish masalasi muhokama etildi.

TOSHKENT, 25-sentabr. /"Dunyo" AA/