Sog‘liqni saqlash tizimi: yutuq va vazifalar
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Poytaxtimizda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan ikkinchi respublika milliy kongressi boshlandi.
Unda olimlar, shifokorlar, tadqiqotchilar, xorijiy davlatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Xudoyorov, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori J.Sobirov va boshqalar inson salomatligini asrash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, zamonaviy tibbiy yordamni aholining barcha qatlamiga yetkazish mamlakatimizda tibbiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishini tashkil etishini ta’kidladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 1998-yil 10-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu davlat dasturida belgilangan vazifalar hayotga izchillik bilan tatbiq etilishi natijasida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida eng yuksak talablarga javob beradigan birlamchi tibbiy-profilaktika, shoshilinch va tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markazlarni o‘z ichiga olgan tibbiyot muassasalarining mukammal tarmog‘i yaratildi.
«Sog‘lom ona – sog‘lom bola» tamoyili asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Buning natijasida jahon tibbiyotining eng ilg‘or amaliyotlari – ona va bola skrining hamda perinatal xizmatlar tarmog‘i mamlakatimiz tibbiyotida mustahkam o‘rin egalladi.
Soha uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish ham doimiy e’tiborda. Bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi, oltita tibbiyot oliy o‘quv yurti va ularning yettita filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 22-iyuldagi «Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori tibbiy ta’lim sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish, yuksak bilim va intellektual salohiyatga ega mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilayotir.
Mamlakatimiz tibbiyot ilmi ham izchil rivojlanmoqda. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllangan ilmiy maktablarda tibbiyotning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar amalga oshirilayotir. Yaratilayotgan ilg‘or texnologiyalar profilaktika, diagnostika, davolash ishlari sifati va samaradorligini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Kongress doirasida tibbiyotning turli yo‘nalishlarida erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha mamlakatimiz va xorijlik olimlar ishtirokida mahorat saboqlari o‘tkaziladi. Ushbu darslarda kasalliklarni davolashda dalillarga asoslangan tibbiy tamoyillar, dori vositalarini to‘g‘ri qo‘llash va nojo‘ya ta’sirining oldini olish yuzasidan fikr almashiladi.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















