“SOLIQ BILIMLARI – BOLALARGA”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Toshkent soliq kollejida «Soliq bilimlari - bolalarga» an’anaviy respublika ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdin, deya xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati.
Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalarining noiqtisodiy yo‘nalishlarida soliq savodxonligini o‘qitish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturga muvofiq 1-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun lotin alifbosida o‘quv darsliklari yaratilgan va ta’lim muassasalari o‘quv rejasiga kiritilgan. Ushbu kitoblar 1-4 sinf o‘quvchilari uchun «Iqtisod va soliq alifbosi», 5-7 sinflarga «Iqtisod va soliq saboqlari», 8-9 sinf o‘quvchilari uchun esa «Soliqqa tortish asoslari» nomlari ostida chiqarilgan. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan «Tadbirkorlik va biznes asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmasiga «Tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tartibi» deb nomlanuvchi maxsus bob kiritilgan. Noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari uchun esa o‘quv qo‘llanmasi «Soliq va soliqqa tortish» darsligi sifatida o‘z ifodasini topgan.
Bu yilgi tanlov ham mamlakatimizning barcha maktablarini, shuningdek akademik litsey va kollejlarini qamrab oldi. Tanlovning har bir bosqichida g‘oliblarni davlat soliq xizmati shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi vakillaridan iborat Hay’at a’zolari guruhi aniqlab berdi. Bunda hay’at a’zolari tomonidan har bir ishtirokchining soliq savodxonligi hamda ilmiy salohiyati baholandi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
“Jahon” AA