Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Sport xabarlari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Sport xabarlari

Boks. Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari bittadan oltin va kumush, ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.

Nufuzli musobaqada mezbonlar bilan birga O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Vengriya, Rossiya, Bolgariya, Belarus, Turkiya, Gruziya va Qozog‘iston kabi davlatlardan kuchli bokschilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Vazni 91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bahslarning yarim finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolov bolgariyalik Petar Belberovni 2:1, hal qiluvchi jangda ozarbayjonlik Kamron Mehtiyevni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Sportchilarimizdan Elnur Abduraimov va Elshod Rasulov o‘z vazn toifasida bronza medal bilan taqdirlandi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan Komila Bekmetova vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Qo’l jangi. Moskva shahrida qo‘l jangi bo‘yicha qirqdan ziyod davlat sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarida iqtidorli sportchimiz Shahboz Tursunov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan qo‘l jangi ustalari o‘rtasida Odil Sirojiddinov barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi.

Hamyurtlarimizdan Abdujalol Hojimurodov kumush, Muso Mametov va Bobur Rahmatov o‘z vazn toifasida bronza medal bilan taqdirlandi.

Tennis. O‘zbekistonlik tennischilar Xitoy va Qozog‘istonda o‘tayotgan xalqaro turnirlarda ilk g‘alabasini nishonladi.

Xitoyning Shenjen shahrida o‘tayotgan turnirning yakkaliklar o‘rtasidagi asosiy to‘r bahslarida hamyurtimiz Sabina Sharipova yaponiyalik Shuko Aoyamani 6:3, 5:7, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Tennischimiz navbatdagi bosqichda mezbon sportchi Yuxuan Sjang bilan bahslashadi.

Qozog‘istonda erkaklar o‘rtasidagi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir va xotin-qizlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqa ham tennischilarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

“Fyuchers” turnirining yakkaliklar o‘rtasidagi asosiy to‘r bahslarida hamyurtimiz Temur Ismoilov ukrainalik Gleb Aleksenkoni 6:3, 6:2 hisobida yengib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Sanjar Fayziyev esa jamoadoshi Jo‘rabek Karimovni 6:4, 0:6, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Juftliklar bahsida Temur Ismoilov qozog‘istonlik Timur Xabibulin bilan mezbon tennischilar – Dmitriy Resnyanskiy va Denis Yevseyev ustidan 7:5, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Jo‘rabek Karimov va qozog‘istonlik Roman Hasanov ham dastlabki bahsda mezbonlar – Bolat Mamir va Pavel Petrov juftligini 6:1, 6:1 hisobida yengdi. Sanjar Fayziyev esa qirg‘izistonlik Doniyor Duldayev bilan birga rossiyalik Aleksandr Chepelov va Dmitriy Mnushkinni 6:2, 1:6, 11:9 hisobida mag‘lub etdi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirning yakkaliklar bahsida yurtdoshlarimizdan Arina Fols rossiyalik Kseniya Dmitriyevani 6:4, 4:6, 6:4, Albina Xabibulina belaruslik Viktoriya Munni 6:3, 6:2, Polina Merenkova qozog‘istonlik Yekaterina Klyuyevani 6:3, 6:2 va Vlada Yekshibarova yana bir tennischimiz Omina Muxametshinani 7:5, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Juftliklar o‘rtasida birinchi raqamda saralangan Albina Xabibulina va Polina Merenkova ilk bahsda qozog‘istonlik Adelaida Allaxverdiyeva va rossiyalik Anna Shepita ustidan 6:0, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Rossiyalik Darya Lodikova va Arina Fols rossiyalik tennischilar Kseniya Bekker va Yevgeniya Levashovani 6:4, 6:3 hisobida yengdi. Vlada Yekshibarova va rossiyalik Anastasiya Rudakova, Go‘zal Yusupova va rossiyalik Yelizaveta Xabarova ham dastlabki bahsni o‘z foydasiga hal qilib, chorak finalga yo‘l oldi.

O’q otish. Polshaning Shetsin shahrida o‘q otish bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi bahslarida hamyurtimiz Server Ibragimov jahon rekordini yangiladi.

Jahon kubogi bahslarida qirqqa yaqin davlatdan uch yuz nafardan ziyod sportchi sovrinli o‘rinlar va 2016-yili Braziliyada o‘tkaziladigan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yo‘llanmasini beruvchi muhim reyting ochkolari uchun bahslashdi.

Musobaqaning o‘n metr masofadan to‘pponchada o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Server Ibragimov saralash bosqichida 578 ochko jamg‘arib, finalga chiqdi. Tajribali sportchimiz hal qiluvchi bahsda 198,9 ochko jamg‘arib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning natijasi jahonning yangi rekordi sifatida qayd etildi.

Sportchimiz jahon kubogida ko‘rsatgan natijasi bilan dunyo reytingida birinchi o‘rin egalladi va 2016-yili Braziliyada o‘tkaziladigan Paralimpiya o‘yinlarining yo‘llanmasini ham naqd qilib qo‘ydi.

– Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarini qo‘lga kiritgan sportchilarimiz 19 nafarga yetdi, – deydi O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bosh kotibi Omon G‘afurov. – Paralimpiyachilarimizni oldinda yana ko‘plab xalqaro musobaqalar kutmoqda. Umid qilamizki, sportchilarimiz bu musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yo‘llanmalarimiz sonini yanada ko‘paytiradi.

"Jahon" AA