SPORT XABARLARI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Shaxmat. Moskva (Rossiya) shahrida rapid – tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda sportchimiz Roman Golubev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
U musobaqada mezbon shaxmatchilar Rafik Mejlumiyan, Shagen Mkoyan, Konstantin Bazarov, Aleksey Guberniyev, Yuriy Xalukovni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Yuriy Stepurko bilan durang o‘ynadi va 5,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
* * *
Engil atletika. Vetnamda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida atletlarimiz munosib ishtirok etdi.
Chempionatning yetti kurash bahslarida sportchimiz Aleksandra Yurkevskaya kumush, bosqon uloqtirish bahslarida qatnashgan Jalolxon Tilavoldixo‘jayev bronza medal bilan taqdirlandi.
* * *
Futbol. Kaluga (Rossiya) shahrida o‘smirlar o‘rtasida “Kaluga Junior Cup” xalqaro turniri yakunlandi. Unda Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchilari mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Nufuzli turnirning final uchrashuvida “Paxtakor” klubi yosh futbolchilari Belarusning “Dinamo-Minsk” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrin sohibi bo‘ldi.