Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Sug‘urta – kafolatli himoya

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Sug‘urta – kafolatli himoya

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida soha rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida mamlakatimiz sug‘urta bozori jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Cug‘urta bozori ishtirokchilari faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratilib, qator qonunlar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingani ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Bugungi kunda “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi mijozlarga yuzdan ziyod turdagi sug‘urta xizmatini ko‘rsatmoqda. Kompaniyaning 14 hududiy filiali, 125 bo‘linmasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, mingga yaqin sug‘urta agentlari tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Kompaniya tizimidagi “O‘zbekinvest – hayot” sug‘urta kompaniyasi asosan inson hayoti bilan bog‘liq sug‘urta xizmati ko‘rsatadi. U yuridik va jismoniy shaxslarga bonus to‘lovli hayot jamg‘arma sug‘urtasi, ixtiyoriy tibbiy, baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta, xorijga chiquvchi fuqarolar hayotini sug‘urtalash kabi xizmat turlarini taklif etmoqda.

Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi sug‘urta hodisasi ro‘y berganda tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat. Joriy yilning birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari shaxsiy va mulkiy manfaatlarini sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash bo‘yicha olingan sug‘urta majburiyatlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foiz, yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi esa 27 foizga oshdi.

– Sug‘urta tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim ahamiyat kasb etuvchi qismiga aylanmoqda, – deydi “O‘zbekinvest” kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari Jamshid Rizayev. – Ijtimoiy siyosat bilan uyg‘unlikda olib borilayotgan bozor islohotlari iqtisodiyotning izchil rivojlanishi va sug‘urta biznesini yuritishda xalqaro talablarga javob beruvchi sug‘urta tizimini shakllantirdi.

Tadbirda “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha kompaniyada tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani, unga muvofiq baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish va tibbiy sug‘urta bo‘yicha shartnomalar tuzilayotganda keksalar uchun chegirmalar mavjudligi ta’kidlandi. Jurnalistlarning savollariga javob berildi.

www.uza.uz