SURXONDARYO VILOYATIDA SEMINAR-TRENING
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

YEXHT Loyihalar koordinatori moliyaviy ko’magida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda davlat organlarining NNTlar bilan ijtimoiy sherikligi” mavzusidagi seminar-trening o’tkazildi, deya xabar beradi institut matbuot xizmati.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishdagi davlat organlarining NNTlar bilan o’zaro hamkorligini tartibga soluvchi milliy qonunchilik bo’yicha NNT rahbarlari va faollarining professional ko’nikma va bilimlarini oshirish, grant tanlovlariga loyihalarni ishlab chiqish va taqdim etish bo’yicha tajribalarini oshirish.
Tadbirda viloyat Xalq ta’limi, Sog’liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi mutaxassislari, bir qator mintaqaviy NNT vakillari, Institutning hududiy bo’linma xodimlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Seminar-treningda loyiha trenerlari tomonidan ishtirokchilarga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining NNTlar bilan ijtimoiy sherikligini tartibga soluvchi qonunchilik aktlari, jumladan “Ijtimoiy-sheriklik” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni haqida atroflicha tanishtirildi.
Shu bilan birgalikda, tadbir ishtirokchilariga davlat organlarining NNTlar bilan ijtimoiy sherikligini amalga oshirishda ustuvor etib belgilangan davlat dasturi yo’nalishlari: ta’lim, sog’liqni saqlash, atrof-muhit muhofazasi, bandlikni ta’minlash, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish sohalari to’g’risida ma’lumot berildi.
Tadbir ishtirokchilariga, shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi grant tanlovlarida ishtirok etish uchun loyihalarni ishlab chiqish va taqdim etish bo’yicha tushuncha berildi.
“Jahon” AA