TABIATNI ASRASH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent davlat agrar universitetida “Ekohaftalik – 2016” doirasida “Tabiatni muhofaza qilish sohasida erishilgan yutuqlar. Muammolar, yechimlar va soha rivojlanishining istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tabirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, O‘zbekiston Ekologik harakati viloyat hududiy bo‘limi xodimlari, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanishni ta’minlash, ekologik madaniyat va ta’limni yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
– Har yili Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekohaftalik o‘tkazish an’anaga aylangan, – deydi Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi A.Xolmurodov. – Joriy yil mazkur haftalik dunyoda “Yovvoyi tabiatni asrash – hayotni asrash demakdir!” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ekologik to‘garaklar yoshlarning sohaga qiziqishini yanada oshirish, ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Haftalik doirasida ushbu to‘garaklarga tabiatni muhofaza qilish sohasidagi zarur adabiyotlar, bannerlar, qushlar uchun sun’iy uyalar tarqatildi.
Ekohaftalik doirasida viloyatda yoshlar o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalari, “Sog‘lom atrof-muhit – sog‘lom avlod garovi” shiori ostida ekologik aksiyalar, “Tabiat va biz” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda kasb-hunar kollejlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda viloyatdagi ekologik haftalikning faol ishtirokchilari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi o‘quvchilarining tabiat mavzusiga bag‘ishlangan ijodiy ishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
O’zA