TADBIRKORLAR HUQUQLARI – QONUN HIMOYASIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Sirdaryoda “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Demokratiya va inson huquqlari instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi tomonidan tashkil etilgan seminarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, fermerlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu borada davlatimiz rahbarining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Mustaqillik yillarida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bularning barchasi tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, haq-huquqlari himoya qilinayotganidan dalolat beradi. Mazkur seminarni o‘tkazishdan maqsad ham tadbirkorlikning huquqiy asoslari takomillashtirib borilayotgani hamda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tadbirkorlarni xabardor qilish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va uslubiy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
Seminarda “O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining huquqiy asoslari”, “Adliya organlarining tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha faoliyati”, “Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
O’zA